TIV rahbari El-Salvadorning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov El-Salvador Respublikasining mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuriy Pavel Santakrus Perdomoning ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Uchrashuvda Salvador Markaziy Amerikadagi istiqbolli hamkorlardan biri ekani qayd etildi. Tomonlar mamlakatlar oʻrtasidagi aloqalarni siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalarda izchil kengaytirish tarafdori ekanini taʼkidladi.
Shuningdek, TIV rahbari elchiga yangi vazifasida muvaffaqiyatlar tilab, oʻzaro munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun birgalikda ishlashga tayyorligini bildirdi.


