TIV rahbari Belarus – O‘zbekiston do‘stlik xiyobonining ochilish marosimida ishtirok etdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Minsk shahridagi Toshkent ko‘chasida joylashgan “Belarus – O‘zbekiston do‘stlik xiyoboni”ning ochilish marosimida ishtirok etdi.

Tadbir davomida Belarus Respublikasi tashqi ishlar vaziri Maksim Rijenkov bilan birgalikda mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hurmat, ishonch va strategik sheriklikning ramzi sifatida daraxt ko‘chatlari ekildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur Do‘stlik xiyoboni O‘zbekiston va Belarus xalqlarini bog‘lab turgan mustahkam rishtalar, samimiy munosabatlar hamda ko‘p qirrali hamkorlikning yorqin timsoli bo‘lib xizmat qiladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий