Termiz shahridagi xalqaro transport-logistika xabi BMT Global ta’minot tarmog‘iga kiritildi

 

2025-yil 11-fevral kuni Termiz shahridagi Xalqaro ko‘p funksiyali transport va logistika xabiga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi (BMT QOKB) Global ta’minot tarmog‘i ombori maqomini berish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili I.Irgashev, BMT Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili o‘rinbosari I.Ratvatte, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori S.Mahl va BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissarligining mintaqaviy vakili D.Lipcanu, Afg‘oniston BMT QOKB rahbari A.Jamol, Surxondaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, bojxona va chegara xizmatlari rahbariyati va vakillari ishtirok etdi.

Xab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2022-yilda BMT va xalqaro tashkilotlarga, xorijiy davlatlarga “Termiz Cargo Centre” MChJ negizida Afg‘oniston va boshqa davlatlarga gumanitar yordamni markazlashtirilgan va manzilli yetkazib berishni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida jahon hamjamiyatini Afg‘oniston muammosini hal etishda birlashishga chaqirar ekan, afg‘on xalqiga ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordami zaiflashmasligi kerakligi to‘g‘risida ta’kidladi.

UNHCR global tarmogʻiga Amman (Iordaniya), Dubay (BAA), Nayrobi (Keniya), Akkra (Gana), Duala (Kamerun), Kopengagen (Daniya) va Panama Siti (Panama) shaharlarida joylashgan yettita ombor kiradi. Har yili ushbu infratuzilma insonparvarlik inqirozlariga tezkorlik bilan javob berish uchun qiymati 500 million dollardan ortiq bo'lgan hayotni ta'minlovchi asosiy buyumlarni (chodirlar, ko'rpa-to'shaklar, oshxona jihozlari, dori-darmonlar va boshqalar) qayta ishlaydi.

Qiyin xalqaro muhitda qo'llab-quvvatlashga muhtoj odamlar soni ortib borayotganini hisobga olgan holda, BMT va uning agentliklari aholining zaif qatlamlariga yordam berish uchun asosiy resurslarning yetarli zaxiralarini saqlash majburiyatini oladi. Shu nuqtayi nazardan Termiz shahrining Markaziy va Janubiy Osiyoda strategik joylashuvi, shu joyda transport-energetika infratuzilmasini yaratish hamda yuqori bilimli mutaxassislarning mavjud bo‘lishi global tarmoqqa integratsiyalashuvi to'g'risida qaror qabul qilishda asosiy omillarga aylandi.

Shunday qilib, Termiz markazi BMTning Qochoqlar bo‘yicha Oliy komissarligining sakkizinchi xalqaro omboriga aylandi va bu uning insonparvarlik yuklarini jahon miqyosida tezkor tarqatishdagi ahamiyati va samaradorligini tasdiqladi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili I.Irgashev so‘zlagan nutqida Termiz shahridagi xab xalqaro hamkorlik, ishonchlilik va samaradorlik ramzi ekanini ta’kidladi. Bu nafaqat insonparvarlik yetkazib berish zanjirini mustahkamlaydi, balki yangi imkoniyatlar va ish o‘rinlari yaratish orqali mintaqa rivojiga ham hissa qo‘shadi.

BMT Bosh kotibining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili oʻrinbosari I.Ratvatte Oʻzbekiston tomonining Afg’onistonga gumanitar yordami va boshqa davlatlar, shuningdek, BMTning tegishli idoralari bilan yaqin hamkorlikdagi saʼy-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

U Termizda yaratilgan infratuzilmalarni yuqori baholadi. Bu esa BMTning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshiradi, ayni paytda operatsion xarajatlar va xavflarni kamaytiradi. “Hech kimni ortda qoldirmaslik” tamoyiliga asoslangan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yoʻlida Oʻzbekiston bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyormiz”.

BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori S.Maxl bugungi tantanali marosim respublikaning ko‘p tomonlama hamkorlik tamoyillariga sodiqligini ko‘rsatib, xalqaro gumanitar tashabbuslarning faol ishtirokchisi sifatidagi rolini kuchaytirishini ta’kidladi. Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston tomoni yaratayotgan imkoniyatlar tufayli favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan millionlab insonlarga muhim yodam ko ‘rsatiladi.

BMT Qochqoqlar bo‘yicha Oliy komissarligining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili D.Lipkanu Tashkilot Termiz markazining xalqaro miqyosdagi gumanitar operatsiyalar uchun strategik afzalliklariga bir necha bor ishonch hosil qilganini ta’kidladi.

“Markazning global tarmog‘imizga integratsiyalashuvi uylarini tark etishga majbur bo‘lgan odamlarni qo‘llab-quvvatlash uchun uning infratuzilmasi va logistika imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish imkonini beradi”, — dedi D.Lipkanu.

BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligining Afg‘onistondagi vakili A.Jamolning so‘zlariga ko‘ra, Termizdagi logistika markazi orqali BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligining favqulodda vaziyatlarda ta’minotni boshqarish tizimini kengaytirishdan Afg‘oniston katta foyda ko‘radi.

“Shu bilan birga, ushbu markazning ahamiyati Afg'oniston chegaralaridan ham uzoqqa cho'ziladi. Bu favqulodda vaziyatlarda global chora-tadbirlarni kuchaytiradi, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaydi va ekologik toza texnologiyalardan foydalanish orqali iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashni faollashtiradi”.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий