Ta’ziya

Tashqi ishlar vazirligi tizimida uzoq yillar davomida sidqidildan xizmat qilgan Omonjon Nigmanovning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va barcha yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
O.Nigmanov 1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida hamda mamlakatimizning Germaniya, Yaponiya va Eron davlatlaridagi diplomatik vakolatxonalarida haydovchi-mexanik sifatida samarali faoliyat olib borgan.
U kishi hamkasblari va jamoa orasida yuksak insoniy fazilatlari, kamtarligi va halolligi bilan alohida hurmat va e’tirofga sazovor edi.
Marhumning yorug‘ xotirasi qalbimizda mangu saqlanib qoladi.


