Tashqi ishlar vazirligi va Kasbiy ta’lim agentligi o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda
6-iyul kuni Tashqi ishlar vazirligi, Kasbiy ta’lim agentligi hamda mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda xorijiy mehnat bozorlari ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlash, ish beruvchilar ishtirokida o‘quv dasturlarini tashkil etish, bitiruvchilarni ishga joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish, xorijdagi ish o‘rinlarini diversifikatsiya qilish va yangi ish beruvchilar hamda ish o‘rinlarini jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib oldi. Uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolari uchun yangi mehnat bozorlarini ochish va xavfsiz ish o‘rinlarini yaratish, noqonuniy migratsiyaning oldini olish, konsullik xizmatlari qamrovini kengaytirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.


