Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabari

 Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini tahlil qilish hamda mavjud masalalarga manzilli yechim topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan “Sayyor qabul”lar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur uchrashuvlar joriy yilning 9-aprel kuni soat 9:00-17:00gacha Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari Xalq qabulxonalari binosida bo‘lib o‘tadi.

Batafsil maʼlumot va qo‘shimcha savollar yuzasidan quyidagi raqam bilan bog‘lanish mumkin. Tel:+99897 136-51-51.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi tomonidan boshqa hududlarda o‘tkaziladigan “Sayyor qabul”lar bo‘yicha maʼlumotlar qo‘shimcha ravishda eʼlon qilib boriladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий