Tashqi ishlar vazirining Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvi to‘g'risida

2025-yil 8-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov "JICA", "JETRO" hamda yetakchi yapon kompaniyalari — "Sumitomo Corporation", "ITOCHU Corporation", "Toyota Tsusho Corporation", "Marubeni Corporation", "MITSUI & Co", "Mitsubishi Corporation", "Sojitz Corporation" vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekistonda xorijiy ishbilarmonlar uchun amalga oshirilayotgan amaliy islohotlar, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va yapon kompaniyalarining boy tajribasidan samarali foydalanish asosida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mavjud masalalarga eng yaxshi yechimlarni topish, biznes uchun qulay sharoitlar yaratish hamda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.


