Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Iordaniya Hoshimiylar Podshohligiga tashrifi yuzasidan

 

1-3-fevral kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Iordaniya Hoshimiylar Podshohligiga tashrif buyurdi.

Iordaniya Podshohi Abdulla Ikkinchi qabulida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iliq salom va maktublari yetkazildi. Davlatlarimiz o‘rtasida ko‘p yillik mustahkam do‘stlik rishtalari mavjud bo‘lib, barcha sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish tarafdori ekanligimiz qayd etildi. Har ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari fidoyilik va o‘zaro ishonch bilan mamlakatlarimiz farovonligi yo‘lida jadal va samarali hamkorlikni rivojlantirish sari tinimsiz mehnat qiladi.

Tashrif davomida mamlakat rasmiylari va yetuk kompaniya rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazildi.

Iordaniya Bosh vazir oʻrinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari bo‘yicha vazir Ayman Safadi bilan uchrashuvda birgalikda amalga oshirish uchun ulkan salohiyat mavjudligi va ikki tomonlama munosabatlarimizga yangi dinamikani olib kirishga alohida eʼtibor berildi.

Mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida tashqi ishlar vazirlari bilan ikkita muhim hujjatni imzolandi:

- Diplomatik pasport egalari uchun vizasiz kirish toʻgʻrisidagi hukumatlararo kelishuv;

- Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma hamkorlik dasturi.

Shuningdek, investitsiyalar vaziri Musanna Garaibeh, Vaqf, Islom ishlari va muqaddas qadamjolar vaziri Muhammad Ahmad Msallam Al-Xalaila, oliy taʼlim vaziri Azmi Mahafza va mamlakatning yetakchi universitetlari rahbarlar bilan samarali uchrashuvlarda sohabay yaqin hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida ish bilarmon doiralari bilan alohida muzokaralar ham o‘tkazildi. Ularda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarini rivojlantirishning aniq masalalari ko‘rib chiqildi. Bir necha sohalar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий