Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Hindiston Respublikasiga tashrifi yuzasidan

 

5-6 iyun kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Hindiston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi qabulida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning iliq salomlari yetkazildi. Davlatlarimiz o‘rtasida ko‘p yillik mustahkam do‘stlik rishtalari mavjud bo‘lib, barcha sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish tarafdori ekanligimiz qayd etildi. Har ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari fidoyilik va o‘zaro ishonch bilan mamlakatlarimiz farovonligi yo‘lida jadal va samarali hamkorlikni rivojlantirish sari tinimsiz mehnat qiladi.

Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan uchrashuvda birgalikda amalga oshirish uchun ulkan salohiyat mavjudligi hamda ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarimizga yangi dinamikani olib kirishga alohida eʼtibor berildi.

Dehlida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo - Hindiston” 4-vazirlar uchrashuvi va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida global va mintaqaviy masalalar yuzasidan samimiy fikr almashildi. O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar hamkorlar tomonidan yuksak baholandi va bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. 

Xavfsizlik, yuqori texnologiyalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Delegatsiyamiz tarkibidagi tadbirkorlar Hindistonlik hamkorlari bilan samarali muzokaralar olib bordi, eksport va investitsiya bo‘yicha aniq bitimlar imzolandi, kelishuvlarga erishildi. 

Ushbu tashrif mintaqamiz va Hindiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий