Taşqi işlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti xodimlaridan iborat işçi guruhining navbatdagi “sayyor qabuli” taşkil etildi

 

Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti xodimlaridan iborat işçi guruh tomonidan joriy yilning 19-20-noyabr kunlari Buxoro, Navoiy, Farğona va Namangan viloyatlarida navbatdagi “sayyor qabul”lar taşkil etildi.

Oçiq muloqot tarzida ötgan uçraşuvlarda aholidan ijtimoiy, huquqiy va migratsiya masalalariga oid köplab murojaatlar kelib tuşdi.

Muhokamalar markazida xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiriş tartiblari, çet elda muşkul vaziyatga tuşib qolgan yurtdoşlarimizga konsullik kömagini körsatiş hamda xorijiy davlatlarning vaqtinça saqlaş muassasalarida bölib turgan fuqarolarni Vatanga qaytariş kabi dolzarb mavzular örin oldi.

Şuningdek, hujjatlarni rasmiylaştiriş va qonuniy tartibda legallaştiriş bilan boğliq savollarga ham alohida e’tibor qaratildi.

Har bir murojaat atrofliça örganilib, ularning kelib çiqiş sabablari tahlil qilindi. Fuqarolarga amaldagi qonunçilik normalari asosida batafsil huquqiy tuşuntirişlar berilib, muammolarni hal etiş yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Qöşimça örganiş, idoralararo hamkorlikni talab etadigan masalalar esa alohida nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlaş böyiça aniq çoralar belgilandi.

Sayyor davomida, axoli bilan vazirlik tomonidan olib borilayotgan işlar yuzasidan briffing ötkazildi.

Şu bilan birga, bir qator mahalla yetakçilari bilan uçraşuvlar davomida, vazirlik bilan özaro hamkorlik masalalari böyiça muzokaralar ötkazildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий