Tailand Qirolligiga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

 

Tailand Qirolligi Tashqi ishlar vazirligi mamlakatga kirishning yangi tartibi joriy etilganini rasman ma’lum qildi.

Unga koʻra, 2025-yil 1-maydan boshlab, Tailand Qirolligiga kiruvchi barcha chet el fuqarolari Tailandga kirish kartasini (Thailand Digital Arrival Card, TDAC) mamalakatga yetib kelish sanasidan 3 kun oldin maxsus platforma orqali (https://tdac.immigration.go.th) olishlari shart.

Shu munosabat bilan Tailandga borishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarolarida Qirollikning mazkur qarorini hisobga olishlarini so‘rab qolamiz.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий