Stokgolm xalqaro suv instituti maslahatchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

27-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Stokgolm xalqaro suv institutining iqlim, suv va tinchlik masalalari bo‘yicha katta maslahatchisi Martina Klimes bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida yaqinda bo‘lib o‘tgan “Toshkent suv haftaligi” xalqaro konferensiyada Afg‘oniston energetika vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya samarali ishtirok etgani ta’kidlandi.
Shuningdek, mintaqaviy suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari qayd etildi.
Tomonlar O‘zbekiston va Stokgolm xalqaro suv instituti o‘rtasida tizimli va konstruktiv muloqotni yo‘lga qo‘yishga o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi hamda muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldi.


