Somali Federativ Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi birinchi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi

 

27-noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Somali Federativ Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi birinchi Favqulodda va Muxtor Elchisi Fatxudin Ali Mohameddan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Muloqot davomida tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga barcha imkoniyatlarini safarbar etishi ta’kidlandi.

Vazir elchining muhim diplomatik missiyasida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi hamda samarali va natijaga yo‘naltirilgan hamkorlikni birgalikda rivojlantirishga tayyorligini qayd etdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий