Sohibqironga ehtirom

Mamlakatimizda buyuk davlat arbobi, oʻzbek davlatchiligi asoschisi Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanmoqda.
Ushbu sana munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida buyuk sarkarda haykali poyiga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda turli vazirlik va idoralar, jamoat vakillari, xorijlik mehmonlar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ham yuksak hurmat ramzi sifatida Sohibqiron haykali poyiga gulchambar qoʻyildi.
Tadbir davomida ta’kidlanganidek, Amir Temurning ulkan tarixiy merosi, xususan, davlatchilik va diplomatiya sohalaridagi beqiyos tajribasi bugungi kunda ham Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotida, yosh avlodni vatanparvarlik, fidoyilik va milliy gʻurur ruhida tarbiyalashda muhim manba boʻlib xizmat qiladi.


