Slovakiya elchisi bilan uchrashuv haqida

 

24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Slovakiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Viktor Boretski bilan uchrashdi.

Muhokamada asosan, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish, ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi dinamik aloqalarni kuchaytirish hamda koʻp tomonlama platformalarda O'zbekiston va Slovakiya hamkorligini rivojlantirish mavzulari o‘rin oldi. Xususan, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama kengaytirishga intilinayotganligi ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий