Shvetsiya Riksdagi vitse-spikeri bilan uchrashuv haqida

 

Stokgolm shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Shvetsiya Riksdagi (parlamenti) vitse-spikeri Yuliya Kronlid bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida parlamentlararo aloqalarning holati va istiqbollari hamda ijtimoiy sohada loyihaviy hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shved parlament a’zosi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. U mazkur islohotlar bilan joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning yubiley sessiyasida ishtirok etgan chog‘ida yaqindan tanishganini ta’kidladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий