Serbiya elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi

27-oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Serbiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Momchilo Babichdan ishonch yorliqlari qabul qilindi.
O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga tomonlar o‘zaro tayyorligi bildirildi.
Elchiga ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirish yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi.


