Saudiya Arabistoni Podshohligining yangi tayinlangan elchisi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

 

24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymeddan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Ikki mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar ko‘plab sohalarda jadal rivojlanib borayotganligi ta’kidlandi. Uchrashuv davomida savdo, investitsiyalar, energetika hamda madaniy almashinuv yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan holda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishning hozirgi ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollari muhokama qilindi.

TIV rahbari elchining mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tiladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий