Saudiya Arabistoni elchisi bilan uchrashuv

 

4-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Saudiya Arabistoni Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashdi.

Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini, jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish, avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

2025-yilda tomonlarni qiziqtirgan turli yo‘nalishlarda qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий