Rossiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisini qabul qilindi
12-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yakunlayotgan Rossiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginovni TIVda qabul qildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarning bugungi holati va kelajakdagi istiqbollari, shuningdek, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muhokamalar markazida O‘zbekiston-Rossiya ittifoqchilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish yo‘llari turganligi qayd etildi. Tomonlar mavjud salohiyatdan samarali foydalanish hamda qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha aniq qadamlar tashlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Uchrashuv so‘nggida tomonlar aloqalarni yanada chuqurlashtirishga intilishini yana bir bor tasdiqlab, Oleg Malginovga mamlakatimizda olib borgan samarali faoliyati uchun minnatdorlik bildirdirildi va uning kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilandi.