“Queen Elizabeth II hospitality academy” kompaniyasi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

12-dekabr kuni Dubay shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Amirliklarning “Queen Elizabeth II Hospitality” akademiyasiga tashrif buyurdi.

Mazkur tashkilot Dubayning birinchi va yagona kasbiy tayyorgarlik akademiyasi bo‘lib, turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlaydi.

“QE2 Academy” direktori Patrik Kudin kruiz laynerlar va mamlakatdagi mehmonxonalar uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.

Shuningdek, Akademiya Samarqand “Ipak yo‘li” universiteti, Toshkent Turizm kolleji va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv natijasida tomonlar Anglashuv memorandumi ishlab chiqishga va uni onlayn shaklda imzolashga kelishib oldi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий