Qozog‘iston elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2026-yil 18-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yerali Tugjanov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi, shuningdek, ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokidagi tadbirlar jadvali hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan tashabbuslarni birgalikda ilgari surish va muntazam aloqalarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий