Qozog‘iston elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

2025-yil 9-sentabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bobur Usmanov Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamkulov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralar davomida ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalari va oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash yo‘llari batafsil muhokama qilindi.
Shuningdek, rejalashtirilgan ikki va ko‘p tomonlama tadbirlarning jadvali ko‘rib chiqildi.


