Qozog‘iston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamkulov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligining dolzarb masalalari, shuningdek oliy va yuqori darajalarda erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishining joriy holati atroflicha muhokama qilindi.

Tomonlar joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий