Qozog‘iston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamkulov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va umumiy manfaatlarga asoslangan strategik sheriklik va ittifoqchilik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tashqi ishlar vazirliklari ikki va ko‘p tomonlama kun tartibi bo‘yicha yaqindan hamkorlikni davom ettirishi ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий