Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyati muhokama qilindi

 

2026-yil 25-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov raisligida olimlar, tarixchilar va turizm sohasi ekspertlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston va Xorazmning turizm salohiyatini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda hududlarning boy tarixiy-madaniy merosini keng targ‘ib qilish, jamoatchilikka yetarlicha tanish bo‘lmagan tarixiy obidalarni aniqlash, ularni yangi sayyohlik yo‘nalishlariga kiritish hamda Qoraqalpog‘iston va Xorazmning o‘ziga xos turistik brendini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mavjud salohiyatdan samarali foydalanish, tarixiy va ilmiy ma’lumotlarni sayyohlar uchun qiziqarli va tushunarli shaklda taqdim etish hamda yangi turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqish yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yakunida bildirilgan amaliy taklif va tavsiyalar umumlashtirilib, ularni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirish masalalari belgilab olindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий