Qirg‘iziston bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalari muhokama qilindi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Muloqot davomida ikki qardosh davlat o‘rtasidagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari, shuningdek, 2024-yilda erishilgan asosiy yutuqlar va 2025-yilga mo‘ljallangan ulkan rejalar muhokama qilindi. Tomonlar samarali hamkorlikni davom ettirish, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi yaqin do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlash, barcha uchun porloq kelajak sari yo‘l ochishga sodiqliklarini yana bir bor tasdiqlashdi.