Qatarning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida
4-sentabr kuni tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Qatarning O‘zbekistondagi elchisi Hasan Hamza Hoshim bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida o‘zaro aloqalar kun tartibida turgan dolzarb mavzular hamda joriy yil 21-avgust kuni Dohada ikki davlat tashqi ishlar vazirlari darajasida bo‘lib o‘tgan Muvofiqlashtiruv kengashining ilk yig‘ilishi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.