Qatar elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

20-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aʼloyev Qatar Davlatining mamlakatimizdagi elchisi Hasan bin Hamza Hoshim bilan uchrashdi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi strategik sheriklikning bugungi holati va uni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi, oliy darajadagi uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.


