Qatar davlatining mamlakatimizdagi elchisi bilan uchrashuv

 

25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Qatar davlatining mamlakatimizdagi elchisi Hasan bin Hamza Hoshim bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi strategik sheriklikning bugungi holati va uni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi. Yuqori darajadagi uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tomonlar ikki mamlakat turli idoralari o‘rtasida muntazam tashriflar almashinuvi va aloqalarni mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar. Savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий