Polshaning O‘zbekistondagi elchixonasi muvaqqat ishlari vakili bilan uchrashuv
5-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Polshaning O‘zbekistondagi elchixonasi Muvaqqat ishlari vakili Markin Vakar bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida turizm, qishloq xo‘jaligi, investitsiya va barqaror rivojlanish sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Ta’lim dasturlarini ishlab chiqish uchun Polshadan loyiha va texnik ko‘mak jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar bu boradagi hamkorlikni chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar, shuningdek, akademik almashinuvlarni mustahkamlash va ilmiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan istiqbolli loyihalarni ko‘rib chiqdi.