Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

 

2026-yil 17-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Pokiston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Mudassir Tipu bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston-Pokiston sherikligining dolzarb masalalari, jumladan, siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy hamkorlik va mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar muntazam aloqalarni davom ettirish hamda mintaqada barqarorlik, ishonch va barqaror rivojlanishni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni birgalikda ilgari surishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий