Pokistonning mamlakatimizdagi elchisi bilan uchrashuv
20-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga va madaniy-gumanitar hamkorlikning muhim jihatlariga eʼtibor qaratdi. Ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida joriy yilda turli darajadagi qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish rejalari ko‘rib chiqildi.