Pokiston elchisi bilan uchrashuv to‘g‘risida

2026-yil 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Pokiston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Mudassir Tipu bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlarning muhim yo‘nalishlari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi, o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollari hamda qator xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.


