Pokiston elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-yil 14-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev Pokiston Islom Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Ahmad Faruk bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, oliy va yuqori darajadagi tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan ham fikr almashdilar.