O‘zbekistonning xalqaro mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

 

2026-yil 30-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mirvohid Azimov mamlakatimizning xalqaro mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda tegishli vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Ko‘p tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Asosiy e’tibor siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-logistika, investitsiyaviy, ilm-fan, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikka qaratildi. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ilmiy va ekspert salohiyatini keng jalb etish hamda aniq va amaliy tashabbuslarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий