O‘zbekiston va Yaponiya TIVlararo siyosiy maslahatlashuvlar to‘g‘risida

 2024-yil 11-iyul kuni Tokio shahrida O‘zbekiston va Yaponiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyalarga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov va Yaponiya TIVning Markaziy Osiyo, Kavkaz va GUAM bo‘yicha maxsus vakili Ikegami Masaki rahbarlik qildi.
Muzokaralarda siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
Tomonlar davlatlararo munosabatlar rivojidagi ijobiy sur’atni qayd etib, ikki mamlakat o‘rtasidagi har tomonlama sheriklikni yanada chuqurlashtirish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.
Ikki tomonlama va mintaqalararo xarakterdagi, jumladan, "Markaziy Osiyo + Yaponiya" shaklida bo‘lib o‘tadigan qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий