O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot o‘tkazdi

28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida yaqinda bo‘lib o‘tgan Antaliya diplomatik forumi natijalari yuqori baholandi. O‘zbekiston – Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarining jadal rivojlanib borayotgan yo‘nalishlari, shuningdek, mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Oliy darajadagi uchrashuvlar yakunida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirish hamda ustuvor qo‘shma loyihalarni ilgari surishning aniq mexanizmlari muhokama qilindi.


