O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot o‘tkazdi

12-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Suhbat ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning turli sohalarini qamrab oldi. Bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik, O‘zbekiston va Turkiya strategik sherikligini mustahkamlash, shuningdek, mintaqaviy va global mavzular muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Turkiya Tashqi ishlar vazirliklari mamlakatlar o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarning o‘z vaqtida va samarali bajarilishini ta’minlash uchun yaqindan hamkorlikni davom ettirishi alohida ta’kidlandi.


