O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

20-yanvar kuni Anqara shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik kun tartibining sermazmunligi qayd etildi. Barcha sohalarda ijobiy o‘zgarishlar mavjudligi ta’kidlandi. Yillar davomida belgilangan maqsadlar ancha keng imkoniyatlar yaratib, voqelikka aylangani bildirildi.

Tashqi ishlar vazirliklari erishilgan barcha kelishuvlarning o‘z vaqtida to‘liq amalga oshirilishini muvofiqlashtirishga sodiqligi tasdiqlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasi imzolandi.

Mazkur hujjat ikki mamlakat xalqlari uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan jadal hamkorlikning yo‘l xaritasi bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий