O‘zbekiston va Turkiya “4+4” mexanizmi doirasida uchrashuv o‘tkazildi

 

20-yanvar kuni O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar, ichki ishlar va mudofaa vazirlari hamda xavfsizlik xizmatlari rahbarlari ishtirokida “4+4” mexanizmi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning eng dolzarb mavzulari, mintaqaviy masalalar va global jarayonlar umumiy kun tartibiga kiritildi. Bugungi kunda dunyoda misli ko‘rilmagan burilishlar va jadal o‘zgarishlar kuzatilayotgani, rivojlanayotgan mamlakatlar tobora ko‘proq sinovlarga duch kelayotgani qayd etildi.

Zamonaviy global voqeliklarni inobatga olgan holda, barqaror rivojlanish va farovonlikni mustahkam xavfsizlik asosida ta’minlashga qaratilgan eng samarali hamkorlik yo‘llari muhokama qilindi. Xalqlar hayotini yanada yaxshilash yagona umumiy maqsad ekani va ushbu maqsadga sodiqlik tasdiqlandi.

Sa’y-harakatlarni samarali muvofiqlashtirish maqsadida yaqin istiqbolga mo‘ljallangan Qo‘shma harakatlar rejasi qabul qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий