O‘zbekiston va Singapur tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

11-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Singapur Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vivian Balakrishnan bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat davomida iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, mintaqaviy va global miqyosdagi hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi, shuningdek, boʻlajak tadbirlar kun tartibi belgilab olindi.
Tomonlar Oʻzbekiston va Singapur oʻrtasidagi doʻstona va koʻp qirrali aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida vazirliklar oʻrtasida yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanini tasdiqladi.


