O‘zbekiston va Shveysariya tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi

2025-yil 16-oktabr kuni Bern shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveysariya Federal Kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Ignazio Kassis bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat avvalida O‘zbekiston delegatsiyasi Shveysariya tomoniga ko‘rsatilgan iliq qabul va samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Tomonlar O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasidagi ikki hamda ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
Muzokaralar davomida innovatsiyalar, ilm-fan, ta’lim, kadrlar salohiyatini oshirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, o‘zaro manfaatli boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni faollashtirish masalalari muhokama markazidan o‘rin oldi..
Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro maydonlarda yaqin hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki tomonlama munosabatlarda kuzatilayotgan ijobiy dinamikani mustahkamlash hamda zamonaviy global chaqiriqlarga qarshi birgalikda samarali chora ko‘rish masalalarida o‘zaro kelishuvga erishdilar.


