O‘zbekiston va Seyshel tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi to‘g‘risida

 

1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Seyshel Respublikasi tashqi ishlar va diaspora vaziri Barri For bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirish yoʻllari atroflicha koʻrib chiqildi. Siyosiy muloqotni faollashtirish, tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida qoʻshma mexanizmlarni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha aniq qadamlar belgilab olindi. Dolzarb xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Seyshel Respublikasi Hukumati oʻrtasida “Umumiy hamkorlik toʻgʻrisida”gi bitim imzolandi.

Mazkur tashrif ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishi ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий