O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi

2-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi.
Muloqot davomida Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyat atroflicha muhokama qilinib, uning xavfsizlik va iqtisodiy barqarorlikka taʼsiri yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni Rahbariyati va xalqiga yo‘llagan birdamlik so‘zlari yetkazildi.
Mintaqada keskinlikni pasaytirish, ishonchni mustahkamlash, tinchlik va barqarorlikni taʼminlash maqsadida diplomatik saʼy-harakatlarni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.


