O‘zbekiston va SAP tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi

 

25-aprek kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi.
Unda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida jadal rivojlanayotgan sheriklikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz mintaqalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, savdo, investitsiyalar va o‘zaro bog‘liqlikni kengaytirish, mintaqalarda tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash kun tartibining asosiy qismidan o‘rin oldi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий