O‘zbekiston va Rossiya tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi

 

27-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat davomida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati hamda kelajakdagi istiqbollari, shuningdek, bo‘lib o‘tadigan ko‘p tomonlama tadbirlarga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilindi.

Savdo, investitsiya, madaniy va gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий