O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi siyosat idoralari rahbarlari telefon orqali muloqot qildi
2025-yil 11-sentyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari - tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan telefon muloqoti o‘tkazdi.
Suhbat davomida tomonlar O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirishdagi ijobiy natijalarni muhokama qildilar. Mintaqaviy hamjihatlik va dolzarb global chaqiriqlarni hal qilishda yakdil yondashuvlarning muhimligi yana bir bor ta’kidlandi.
Vazirlar, shuningdek, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlarga, shu jumladan mintaqaviy hamkorlik arxitekturasini mustahkamlashga qaratilgan oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.