O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi

 2024-yilning 16-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Qozog‘izton tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Maslahatlashuvlarda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklarining konsullik xizmatlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarining vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda konsullik sohasida, shuningdek fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, mazkur yo‘nalishlardagi aloqalarda  qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha Bayonnoma imzolandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий