O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi

 

25-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari barcha jabhalarda misli koʻrilmagan surʼatlar bilan mustahkamlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Shuningdek, oʻzaro manfaatli mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilib, yaqin hamkorlik va muloqotning muhimligi taʼkidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий